Yaponiyaning Nagoya şahrida XX yozgi Osiyo öyinlari futbol turniri davom etmoqda.

Özbekiston U23 terma jamoasi guruh bosqiçining yakuniy öyinini Vyetnamga qarşi ötkazib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Gollar Muhammadali Örinboyev va Nurlan Ibraimov hisobiga yozildi.

Uşbu ğalabadan keyin özbekistonliklar hisobidagi oçkolar soni 9 ga yetdi va jamoa birinçi örin bilan çorakfinalga çiqdi.

Endi boş murabbiy Ravşan Haydarov şogirdlarini çorakfinalda Saudiya Arabistoniga qarşi bahs kutib turibdi. Öyin 25-sentabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 10:00 da boşlanadi.

Eslatib ötamiz, Osiyo öyinlari futbol turniri reglamentiga köra, jamoalar 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat tarkib, şuningdek, 23 yoşdan katta 3 nafar futbolçi bilan iştirok etişi mumkin. Özbekiston terma jamoasi turnirda 21 yoşgaça bölgan tarkib bilan iştirok etmoqda. Bu Los-Anjeles - 2028 olimpiadasi saralaşida qatnaşuvçi jamoaning yetarliça tajriba töplaşi maqsadida qilindi.

Osiyo öyinlari futbol turniri 1990-yildan buyon ötkaziladi. Turnirda Eron va Janubiy Koreya 3-martadan ğolib bölgan. Şuningdek, Özbekiston (1994-yilda), Qatar va Yaponiya ham oltin medallarni qölga kiritgan.

Osiyo öyinlari 2026, S guruhi, 3-tur, Nagoya, 22-sentabr

Özbekiston U23 – Vyetnam U23 2:0

Gollar: Muhammadali Örinboyev (5), Nurlan Ibraimov (67)

Özbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilşod Murtazoyev, Ğiyosjon Rizaqulov, Quvonçbek Xuşvaqtov, Amirbek Saidov (Nurlan Ibraimov 46), Muhammadali Örinboyev, Asilbek Jumayev, Diyor Abdunazarov, Azizbek Tölqinbekov, Ollabergan Karimov (Ravşan Xayrullayev, 46).

photo_2026-09-22_11-57-56