Özbekistonda mahalliy kinematografiya sanoatini qaytadan tiklaş zarur: pul ajratiş va yangi kadrlarni yetiştiriş lozim, dedi Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

«Qaysidir davrda nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyoda kino ölgandi. Uni tiklaş uçun nima qiliş kerak? Faqat bitta yöli bor – örganiş. Maktablar taşkil qiliş, öqib-örganiş uçun boşqa davlatlarga boriş kerak. Amalda barçasi boşidan boşlanadi, uruğ ekamiz va uni östiramiz», – deydi Mahmudov.

Uning sözlariga köra, mamlakatda juda iste'dodli aktyorlar bor bölişiga qaramasdan, hozirça özbek rejissyorlari örtasida raqobat körinmayapti. Kino sanoatini töliq tiklaş uçun birgina buning özi yetarli emas, çunki kino san'atlar – ovoz, yoruğlik, tasvir, liboslar, aktyorlik mahorati yiğindisi hisoblanadi. 

«Qaysidir davr boy berildi. Tuşunaman, şunaqa davr edi. mablağ bölmagan, heç kim bu bilan şuğullanmagan. Sovet davridagi maktab juda jiddiy maktab bölgan. Bu yerda «Mosfilm», «Lenfilm» bilan yelkama-yelka işlagan professionallar bölişgan. Ötgan yillar davomida kimdir hayotdan köz yumdi, kimdir boşqa davlatga çiqib ketdi, yana kimdir keksaydi. Ularning ortidan deyarli heç kim qolmadi. Rejissyor yoki aktyor bölib tuğilmaydilar. Odam iste'dodli bölişi mumkin, ammo uni sayqallaş kerak. Uruğ qadab, uni parvariş qilmasangiz, suv quymasangiz, u unib çiqmaydi », – dedi Mahmudov.

Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov Toşkentda tuğilib-ösgan. Kinodagi birinçi rolini 14 yoşida «Özbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Börilar» filmida ijro etgan. 

Maktabni bitirganidan söng u Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. 2016 yilda u suratga tuşgan özbekistonlik kinorejissyor Rustam Sa'diyevning «Baron» filmi ekranlarga çiqdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube