Özbekiston Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi GM Uzbekistan tomonidan 2018 yilda sotilgan 6,5 mingdan ortiq Nexia-3 (2-pozitsiya) avtomobillari komplektatsiyasida tumanga qarşi old faralar oxirigaça yetkazib berilmaganini aniqladi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qömita talabi bilan, avtomobil işlab çiqaruvçi avval sotilgan 6 mingtadan ortiq avtomobillar komplektatsiyasidagi faralarni yetkazib bergan va iste'molçilarga 2,5 milliard sömdan ziyodni zararni qoplagan.
Qömita ötgan yili sotib olingan Nexia-3 (2-pozitsiya) egalarini avtomobilda tumanga qarşi old faralar bölmagan taqdirda GM Uzbekistan’ga yoki Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga murojaat qilişga çaqirdi: (78) 144-77-77, (78) 147-14-14, (71) 241-76-17.
GM Uzbekistan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining faralarsiz yetkazib berilgan Nexia-3 avtomobillari haqidagi xabari yuzasidan ma'lumot berdi.
«Bugun ayrim ommaviy axborot vositalarida Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan GM Uzbekistan avtomobillarining tumanga qarşi faralarsiz yetkazib berilganligi holatlari aniqlanganligi böyiça xabar e'lon qilindi. Avtomobillarning tumanga qarşi faralarsiz xaridorlarga yetkaziliş holatlari mazkur butlovçi qismning yetkazib berilişida keçikiş yuzaga kelganligi sababli xaridorlarni ogohlantirgan va ular bilan kelişilgan holda amalga oşirilgan. Avtomobillarni egalariga öz vaqtida yetkazib beriş maqsadida kompaniya ularni vaqtinça tumanga qarşi faralarsiz, keyinçalik örnatib beriş şarti bilan qaror qabul qilgan. Tumanga qarşi faralarning Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining talabi bilan qöyib berilganligi haqiqatga töğri kelmaydi, sababi avtomobillarga mazkur butlovçi qismlarni örnatib beriş GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan doimiy nazoratda bölgan va bu haqda xaridorlar ham ogohlantirilgan. Şu örinda kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan avtomobillarning xaridi jarayonida yuzaga kelgan har qanday masalada kompaniyaning 78 147-14-14 Işonç telefoni hamda 78 141-77-77 koll-markaziga qönğiroq qilişlari mumkinligini eslatib ötamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

















