Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Ahadbek Yahyobekoviç Haydarov Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori lavozimini egallagan. Şu munosabat bilan u Özbekiston Respublikasi moliya vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 11 aprel kuni bu haqdagi tegişli hujjatni imzolagan.

Ma'lumot uçun: Ahadbek Haydarov bungaça moliya vazirining örinbosari sifatida ham işlab, ijtimoiy soha, ilm-fan, boşqaruv organlarini moliyalaştiriş masalalarini va Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi faoliyatini nazorat qilgan. Uşbu lavozimga tayinlanguniga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boşqaruv raisi bölib işlagan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining asosiy vazifalari ma'lum böldi