Marhum Jasur Ibrohimov işida aybdor deb topilgan Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji sobiq talabasi Islombek Tölaganov ozodlikka çiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Boş prokuratura ma'lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.
ÖzR JKning 89-moddasida, 18 yoşga tölmasdan jinoyat sodir etgan şaxs tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazo muddatining kamida uçdan bir qismini ötasa, jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinişi, JKning 90-moddasida jazo muddatining kamida törtdan bir qismini ötasa jazoning ötalmagan qismi yengilroği bilan almaştirilişi mumkinligi belgilangan.
Ma'lum qilinişiça, Tölaganov 4 yil 5 oy va 15 kun axloq tuzatiş işlariga, oylik maoşining 20 foizi davlat hisobiga ötkaziş şarti bilan ozodlikka çiqqan.
2017 yil 31 may kuni Mirobod tuman IIB TB tomonidan Islombek Tölaganovga nisbatan JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan ötkazilgandi.
Iş hujjatlariga köra, öşa vaqtda voyaga yetmagan I.Tölaganov 2017 yil 3 may kuni soat 14-00 larda Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji hududida uşbu kollej öquvçisi Jasur Ibrohimov bilan özaro janjallaşib, söngra taxminan soat 14:20 larda 145-maktabning orqa tomonidagi garajlar oldiga birgalikda kelişib, şu yerda Tölaganov Ibrohimovning boş, qorin va hayoti uçun muhim bölgan boşqa sohalariga qöl va oyoqlari bilan urib, unga hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlari yetkazib, uning ölimiga sababçi bölgan.
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 2017 yil 30 oktyabrdagi hukmiga köra, I.Tölaganov JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topilib, JKning 85-moddasi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
JKning 85-moddasida 16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxslarga oğir jinoyati uçun 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi belgilangan.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasining 12.01.2018 yildagi ajrimi bilan hukm özgarişsiz qoldirilgan.
















