Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT «Tolibon»ning 11 nafar vakiliga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Foto: REUTERS
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) «Tolibon» harakatining 11 nafar vakiliga nisbatan sanksiyalar rejimini to‘qqiz oyga muzlatib qo‘ydi. Harakatning Qatardagi ofisi cheklov choralari vaqtincha olib tashlangani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
«Men bu ma'lumotni tasdiqlayman», - deya ma'lum qildi rasmiy vakili Muhammad Suxayl Shaxin TASS’ga.
Avvalroq, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov tashkilot vakillari «qora ro‘yxat»dan olib tashlangani haqida ma'lumot bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda tinchlik muzokaralari jarayonini soddalashtirish uchun qilindi va «AQSh hamda boshqa mamlakatlar bilan birgalikdagi harakatlarning natijasi» bo‘ldi. «Bu 9 oylik vaqtinchalik chora. Keyin ko‘ramiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Bundan oldin, toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi afg‘on uyezdiga hujum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
22:18 / 25.04.2026