Britaniyada 70dan ortiq deputat Birlaşgan Qirollik Içki işlar vazirligi rahbari Sajid Jovidni WikiLeaks taşkiloti asosçisi Julian Assanjni AQŞga emas, balki Şvetsiyaga ekstraditsiya qilişga çaqirdi. Bu haqda muxolif Leyboristlar partiyasi deputati Stella Krizi Twitter’da xabar bergan.
«Bugun keçqurun [12 aprel] 70dan ortiq parlamentariy jinsiy zöravonlik qurbonlarini qöllab-quvvatlamoqda hamda içki işlar vazirini faol pozitsiyani egallaş va Julian Assanj Şvetsiya hukumati bilan uçraşişini hamda agar bu haqda talab kelib tuşsa, u şu mamlakatga ekstraditsiya qilinişini kafolatlaşga çaqirmoqda», - deb yozgan Krizi. U tegişli murojaat muallifi bölgan.
Bundan oldin, Avstraliya Assanjga «maxsus» yordam taqdim etişdan boş tortgandi.
Avstraliya boş vaziri Skott Morrisonning ma'lum qilişiça, WikiLeaks asosçisi avstraliyalik Julian Assanj mamlakat hukumati tomonidan «maxsus» yordam olmaydi.
Jurnalist, WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi öta maxfiy materiallarni e'lon qilib kelgan. 2010 yilda Şvetsiyada uni hibsga oliş uçun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasiga yaşirindi va uşbu davlat rahbariyatidan siyosiy boşpana söradi. U yetti yil davomida elçixonada yaşadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boşpana böyiça rad javobi berdi.













