KXDR yetakçisi Kim Çen Inning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçinçi sammitni ötkazişga tayyordir. Bu haqda TASS Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Tramp bilan munosabatlar Xanoydagi oxirgi uçraşuv muvaffaqiyatsiz bölganiga qaramasdan, yaxşi darajada saqlanib qolmoqda.

Uning qöşimça qilişiça, uçinçi sammitni ötkaziş uçun AQŞ hukumati Koreya yarim orolini yadrosizlantiriş yuzasidan muzokaralarga öz yondaşuvini özgartirişi kerak. Kim Çen Inning qayd etişiça, joriy yil oxirigaça Vaşington bunday «jasur» qaror qabul qilişini kutişga tayyor.

Bundan oldin, Tramp Kim Çen Indan KXDR yadro qurolini AQŞga berişni talab qilgani xabar qilingandi.

Reuters’ning Trampda AQŞ-Koreya ikkinçi sammiti vaqtida bölgan hujjatga tayangan holda xabar berişiça, Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan ikkinçi uçraşuv vaqtida, KXDR öz yadro qurolini AQŞga berişi lozimligi böyiça talab qöygan.