«Öynaşmagin arbob bilan...» yoxud Qöştepa tumani hokimi tanqidiy maqoladan söng çorvadorga qanday bosim ötkazgani haqida
|19:45 / 13.04.201986 97811 min
Mutasaddilar tomonidan tanqidiy maqolaga e'tibor, ya'ni reaksiya har xil körinişda böladi. Asosan, juda köp hokimlar va rahbarlar kötarilgan muammoni örganib, tez kunlarda oxiriga yetişni harakatiga tuşişadi. Ayrimlari esa, öşa masalani “özboşimçalik bilan” muxbirga yetkazgan murojaatçiga ola qarab, mavjud kamçiliklarni xaspöşlaşni ma'qul köradilar.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Arznoma bitib, özining noçor ahvolini ommaviy axborot vositalari orqali oşkor qilgan kişiga esa bosim ötkaziş işlari rejaga kiritiladi. Oddiygina eski hikmat: “Öynaşmagin arbob bilan...”
Şu yilning 15 mart kuni saytimizda “Qöştepa tumani hokimiga çorvaçilik ögay sohami? Ozuqa kamligidan 35 boş naslli qoramoli harom ölgan(nobud bölgan) farğonalik çorvador hasrati” sarlavha bilan tahliliy maqola e'lon qilingan edi.
Unda Farğona viloyati, Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi “Olimboy hoji” çorvaçilik fermer xöjaligidagi mavjud muammolar yoritilgan bölib, Qöştepa tuman hokimining beparvoligi oqibatida Markaziy Farğona çölidagi yuzlab qoramol, yuzlab yilqi, qöylarga ega eng katta çorvaçilik fermalardan biridagi qiyinçiliklar körsatilgan.
Ayni paytda ozuqa yetişmasligi oqibatida 35ta qoramol nobud bölgani, lekin tuman hokimi yem-xaşak yetiştiriş uçun çorvadorga suv bormaydigan, uzoq qumlik hududdan yer ajratgani tanqid ostiga olingan edi.
Dalillarning qay biri töğri? Jurnalistik suriştiruv
Mavzuga oid
Tuman hokimi çorvadorni huzuriga çaqirib, “Nima kamçiliklar? Ayting zudlik bilan bartaraf qilaylik” deydi deb öylagan edik. Adaşibmiz.
Körsatilgan kamçiliklar notöğri ekanligi haqidagi tuman mutasaddi taşkilotlarining xatlaridan söng yana Qöştepa tumaniga bordik. Mas'ullar bankdan kredit olib, manzilli dastur asosida Germaniyadan keltirilgan 99 boş qoramollarga ozuqa uçun berilgan “Qumtepa-Qömiştepa” MMTP massivida joylaşgan örtaça boniteti 43 ball bölgan jami 59,8 gektar yerni juda hosildor va suğorişga qulay ekanligini va maqolada juda köp xatolarga yöl qöyganimizni bildirişgan. Ularning bergan ma'lumotida öşa maydonlarda ötgan ikki yil davomida faoliyat olib borgan - “Muattar zamin ziynati”, “Qöştepa Buvayda hamkori”fermer xöjaliklari paxta va ğalladan yuqori hosil olgani aytiladi.
Har ikki xöjalikning rejani yuqori darajada bajarganini aniqlaş uçun “Toşloq paxta tozalaş” jamiyatiga borib, ötgan yillardagi ma'lumotlarni kötardik.
Taajjub... Ma'lumotlar, faktlar boşqaça edi. “Olimboy hoji” xöjaligi olişni istamagan maydonda 2017 yili dehqonçilik qilgan “Muattar zamin ziynati” fermer jamoasi paxta tayyorlaş rejasini 42,7 tonna örniga zörğa 11,3 tonna paxta topşirib, rejani 26,4 foizga bajargan ekan.
Maqolaga raddiya örnida yuborilgan ma'lumotda esa paxta rejasi 122 foizga bajarilgan deya qayd etilgan. “Buvayda Qöştepa hamkori” xöjaligi esa 2018 yili şu maydonda dehqonçilik qilib 28 tonna örniga zör-bazör 9,8 tonna paxta topşirib, şartnomadagi reja 35 foizga borgan xolos.
Ma'lumotlarning fotosuratini taqdim etamiz.
Boşoqli don ekiş böyiça, 2018 yili “Buvayda Qöştepa hamkori” xöjaligi rejasi 32,6 tonna bölgan, biroq xöjalik 21,9 tonna ğalla topşirgan va rejani 19 gektar yerdan 67 foizga bajara olgan. Qiziği, qolgan 30 gektar yer haqida umuman ma'lumot yöq.
Ötgan yili mazkur maydonda dehqonçilik qilgan “Buvayda Qöştepa hamkori” xöjaligi rahbari Doniyorbek bilan öşa yerning tepasida turib suhbat qildik.
Eh-he... Beçora, sobiq fermerning dardi içida ekan. Bir adaşib, suvsiz, qumlik joyda dehqonçilik qilganiga ming puşaymon bölgan fermer, ötgan yili mana şu joyga 100 million söm sarflab, çuv tuşib yana 23 million kreditdan qarz bölib qolganini ming puşaymon bilan gapirib berdi. U bilan çölga kelib birga dehqonçilik qilgan ayoli Kenjaxon opaning dardi esa bir doston. “Suğoriş uçun bitta kartaga 23 kun vaqt ketdi. Suv keladigan lotoklar buzilib ketgan. Taşlama zovurni bir hafta dimlab suv çiqarişga uringanlarimizni eslasam, haligaça içim açiydi. Ming azob bilan yerga qaradik. Har kunimiz suv talaşib, muammo, janjallar bilan ötganini aytmaysizmi? 100 million pulga kuyib, 23 million qarz bölib çiqdik. “Bolalar katta bölyapti. Uylab joylaş kerak yordam bölar”, degandik. Qayoqda? “Jiguli” maşinamiz bor edi. Uni ham sotib yuborganmiz. Şu yerdan qutulganimizga şukur”, deydi er-xotin fermerlar.
Yer maydoni bilan tanişamiz. Ğözalar qumlikda bir qariç bölib ösgan xolos. Qumni kaftingizga olsangiz uçib tuşadi. Maydonlarga suv keladigan beton lotoklar işdan çiqqan, kuyib ado bölgan. Qöştepa hokimligi qişloq xöjaligi xodimlarining yillar davomida irrigatsiya tizimlariga qanday e'tibor berganini mana şu yerda köriş mumkin.
Bir söz bilan aytsak, mazkur hudud bir vaqtlar hosildor maydon bölgan bölişi mumkin, biroq oxirgi beş-ön yil davomida unga qarov bölmagan. Bu yerda çorva uçun hosil oliş esa faqat zarar keltiradi.
Maqola qanday natija berdi?
“Maqola çiqqan kunidan boşlab, ijobiy tomonga özgariş bölişi örniga, bizning fermer xöjaligimizga qarşi bosim kuçayib ketdi”, - deydi “Olimboy hoji” xöjaligi rahbari Abdumannob Qosimov.
“Tuman soliq idorasi, içki işlar bölimi tekşiruvlarni boşlab yuborgan. IIBga tuman hokimi örinbosari Erkayor Ğofurov imzosi bilan ariza çiqibdi. Unda aytilişiça, maqolada yozilgan barça ma'lumotlar haqiqatdan yiroq.
Bir vaqtlar özimiz “sut mahsulotlari va kolbasa işlab çiqaruvçi korxona quriş” loyihasi bilan çiqqan edik. Öşa öz taklif va loyihamizni amalga oşirib, işçi kuçi yaratmaganimizga 9 million söm jarima çiqarişibdi. Hokimlik yer bermasa, ozuqa-yem bölmasa biz qanday qilib rivojlanamiz. Fermada naslli qoramollar ölişni boşladi. Korxonani mana şu şaroitda qanday oçib, yurgizişimiz mumkin? Tuman hokimligi bizni har tomondan bosimga olgan. Agar tuman hokimi I.Novikov şu zaylda qarşilik qilsa, naslçilik fermamiz, sinib, bankrotga uçraydi.
Özingiz kördingiz, agar hokimlik ajratgan yerga ozuqa ekiş uçun 100 million söm sarflasam 10 millionlik ozuqa olaman. Ötgan yili mana şu maydonda iş olib borgan fermer qarzga botgan ekanini aytdi. Guvoh bölib turib, özimizni ötga urmaymiz-ku? Suv yöq joyda dehqonçilik böladimi?
Bizning har bir işimiz hisob-kitoblik. Kreditlarimiz bor. Kundan-kun orqaga ketyapmiz. Men tuman mutasaddilarining göşt, sut mahsulotlari yetiştirişga kömagi tegadi, desam faqat teskarisi bölyapti”, deya zorlanadi fermer.
Biz borganimizda tuman IIB tergovçisi tuman hokim örinbosari xatiga asosan fermadan berilgan yergaça bölgan masofani ölçagani kelibdi. Ularning nazdida biz maqolada 12 kilometr deb berganimiz aslida 8 kilometr çiqişi kerak ekan. Ölçaşdi ham. Yerning boşigaça masofa 11 kilometr çiqdi.
Hurmatli mutasaddilar çorvadorga bosim ötkazişning boşqa yölini topişmabdi.Biz ötgan maqolada öşa maydonga fermadan yetib borişning özini hisoblagan edi. Boriş-keliş 22 kilometr ekan.
Çorvador yiliga neçta traktorni şu yerga neça marta borişi, texnikalarga ketadigan yoqilği va işçi kuçi sarfining ham hisob-kitobini aytdi. Raqamlar juda katta edi.
Tuman hokimidan izoh olmoqçi böldik...
Xizmat yuzasidan juda köp tumanlarda bölamiz. Deyarli barçasida tuman hokimligi binosiga aholi vakillari töğri kirib bora oladi. Biroq Qöştepa tuman hokimligi binosi baland panjaralar bilan öralgan. Bino içiga murojaat bilan kiriş uçun alohida “Nazorat posti va yölagi”dan ötişingiz zarur.
Qöriqçi yigit bizni bino içkarisiga kirişimizga ruxsat kerakligini aytdi. Biz tuman hokimi Ilyos Novikov bilan uçraşmoqçi ekanligimizni bilgaç, hokim hudud nazoratiga çiqib ketgani, savollarimizga uning qişloq xöjaligi böyiça örinbosari Erkayor Ğofurov javob berişini bildik.
Tuman hokimi örinbosari va tuman kadastr bölimi boşliği bilan qoronği tuşganida köçada gaplaşdik. E. Ğofurov “Men bu masalada heç narsa deya olmayman” desa, kadastr boşliği “Ana şu yerni çorvadorga bersak, texnikasi bor, mablaği, göngi bor. Yaxşilab oladi-da..”, degan javobdan nariga ötmadi. Har ikki mutasaddi savollarimizga töliq javob bera olmadilar.
Hokim I.Novikovning qöl telefoniga qilgan qönğiroqlarimiz javobsiz qoldi
Xulosa
Çorvadorning dardini eşitib, uning muammolarini yeçiş orqali yordam beriş örniga har bir qadamini ölçaşga kirişib ketişgani bizni taajjubga soldi. Agar “kattakon”lar çorvaçilikka ayri köz bilan qarayversa, şaroit yaratib bermasa göşt va sut mahsulotlari hali-beri arzon bölişi qiyin.
Tuman hokimi çorvadorga yem-xaşak ekiş uçun ajratilgan maydonga borib körganmikan? Bizningça, yöq. Çunki, agar borib öşa yerning suv boriş tizimi, yerining bugungi holati bilan tanişganida, çorvador bilan jangga çiqiş örniga, yordam berişga şoşgan bölar edi.
Bugungi rahbar talabçan, işbilarmon böliş bilan birgalikda xalq dardini tinglab, malham topa oladigan bölişi lozim.
Bundan ikki yil oldin Çortoq tumanida xuddi şunday muammoli holatni yoritganimiz yodimizda. Unda tuman hokimi çorvadorning fermasiga birga borib, holatni tuşungaç, har bir naslli qoramolga 30 sotixdan 12 gektar hosildor yer ajratib bergan edi.
Qöştepa tumanida esa bu holatning teskarisini kördik.
Darvoqe, tuman hokimi va uning örinbosari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasi ikkinçi qismiga köra şaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqidi uçun ta'qib etiş jinoiy javobgarlikka tortişga sabab bölişini, buning uçun uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo qöllanilişi mumkinligini bilişarmikan...
Murojaati va bildirgan tanqidiy fikrlari uçun ta'qib ostiga tuşib qolgan fermerning huquqlarini himoya qilişga mas'ul bölgan prokuratura organlari bunga qanday munosabat bildirar ekan.
P.S. Maqola tayyor bölayotgan paytda “Olimboy hoji” xöjaligi fermasida ozuqa kamligi bois yana 5 ta qoramol nobud bölganini yetkazişdi.