Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Ummon  Sultonligi, Qirğiziston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Indoneziya Respublikasi va Qozoğiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçilari etib tayinlangan Ahmad bin Said al-Kasiriy, Ibragim Junusov, Mehmet Sureyya Er, Sunario Kartadinata hamda Darxan Satibaldidan işonç yorliqlarini qabul qildi. Davlat rahbari elçilarni samimiy tabriklab, ularga mas'uliyatli diplomatik missiyani bajarişda muvaffaqiyatlar tiladi, deya xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Bugungi kunda Özbekistonda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining barça jabhalarida demokratik davlat barpo etiş va kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş va liberallaştirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani qayd etildi.

Xususan, 2019 yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» deb nomlangani munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi amalga oşirilmoqda.

Özbekiston taşqi siyosatida ham tub özgarişlar röy bermoqda. Bugun xalqaro maydonda mamlakatimizga oçiq, işonçli va istiqbolli hamkor sifatida qaralmoqda.

Taşqi işlar vazirligi faoliyati takomillaştirilmoqda, taşqi siyosatning iqtisodiy yönalişi salmoqli darajada kuçaydi. Bugungi kunda Özbekiston elçilari savdo, investitsiya va turizm masalalari bilan faol şuğullanmoqda. 

Asosiy e'tibor Markaziy Osiyo davlatlari bilan an'anaviy döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilmoqda. Oçiq va konstruktiv muloqot yölga qöyilgani tufayli mintaqada özaro işonç va anglaşuv muhiti şakllanib, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etişda katta natijalarga erişildi. 

Ayni paytda Özbekiston boşqa mamlakatlar bilan ham özaro manfaatli va samarali hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev işonç yorliqlarini topşiriş marosimidagi nutqida yangi elçilar vakillik qilayotgan davlatlar bilan köp qirrali hamkorlikning muhim yönalişlariga töxtalib ötdi.

Özbekiston Respublikasi va Ömon Sultonligini döstlik va muştarak diniy qadriyatlar boğlab turgani ta'kidlandi.

Biz Ömonni öz mintaqasida va arab-musulmon olamida munosib öringa ega, çuqur öylangan taşqi siyosat olib borayotgan mamlakat sifatida e'tirof etamiz, dedi davlatimiz rahbari.