Yaap Ora Estoniyaning Özbekistondagi yangi elçisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, taşqi işlar vaziri elçi Yaap Oradan işonç yorliqlarini qabul qilib olgan.

«Özbekiston va Estoniya örtasidagi ikki va köp tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qildik. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar örtasidagi aloqalar, madaniyat va boşqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratdik», — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Şuningdek, TIV rahbari David Kotariani Gurjistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangani bilan tabrikladi va undan ham işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

«Mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş yöllarini muhokama qilib, hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab oldik. Taşqi işlar vazirligi janob elçini Özbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oşirişda har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyordir», — deydi Saidov.