Biz atrof-muhitda jonzotlar bilan yashashga ko‘nikib, ular doim odamlar bilan birga yashaydi, deya yanglish fikr yuritamiz.
2014 yili Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi e'lon qilgan hisobotda bayon qilinishicha, 1970 yildan buyon Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni ikki baravar kamaydi.
Kaktakto portali Markaziy Osiyo hududida ana shundan yo‘q bo‘lib ketish xavfiga yuz tutgan 10 turdagi jonzotlar ro‘yxatini shakllantirib, e'lon qildi.
Buxoro kiyigi

1999 yildayoq Buxoro kiyiklari soni 400 boshdan kamaygani qayd etilgan. Ularning ko‘pi Tojikistonda davom etgan fuqarolik urushi payti halok bo‘ldi. Ayni paytda Tojikiston qo‘riqxonasida saqlanayotgan noyob kiyiklar 850 boshga yetdi, biroq Zarafshon qo‘riqxonasida ular bor-yo‘g‘i 40 boshni tashkil etadi.
Jayron

Tezchopar kiyiklar oilasiga mansub jayron asosan Turkmaniston va Qozog‘iston hududlarida uchraydi. Uning shoxi va go‘shti uchun jayronni ovlashadi. O‘tgan asrning 80-yillari Kopettog‘ maydonlarida jayronlarni ko‘paytirish va nasl olish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Ammo qo‘riqxonada saqlanib qolgan jayronlar soni 200 boshdan oshmaydi.
Chiroyli tuvaloq

Qichqiriq qush nomi bilan mahalliy aholiga yaxshi tanish bo‘lgan tuvaloqlardan biri — Chiroyli tuvaloq ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Qush Qozog‘istonda «Qizil kitob» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, boy arab shayxlariga lochin bilan tuvaloqlarni ovlashga ruxsat beriladi.





















