Keça, 13 aprel kuni “Özbekiston havo yöllari” navbatdagi Boeing 787-8 Dreamliner yölovçi avialaynerini qabul qilib oldi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Bu haqda Milliy aviakompaniya tomonidan OAV xodimlari uçun yangi havo layneri bilan tanişuv tadbirida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Mazkur avialayner avvalgilari kabi raqobatbardoşlik va parvozlar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida MAK aviaparkini zamonaviy aviatsiya texnikalari bilan yangilaş va kengaytiriş maqsadidagi investitsion loyiha doirasida xarid qilindi.

Avvalgi uçta Boeing 787-8 Dreamliner kabi işlab çiqaruvçi zavodidan keltirilgan mazkur samolyot özidan avvalgi avlod laynerlaridan köra bir qança qulayliklarga ega. Unga, jumladan, yonilği sarflaş samaradorligini oşiriş, şovqin darajasini pasaytiriş va atmosferaga karbonat angidrid gazining ajralib çiqişini kamaytiriş imkonini beruvçi dvigatellar örnatilgan.