Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvçi Asosiy qoidalarga qöşimça kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi prezidentining «Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan hamkorlik sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3982-son qarorini bajariş yuzasidan qabul qilinişi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 24 fevraldagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvçi Asosiy qoidalarning 6-bandiga quyidagi mazmundagi yangi xatboşi qöşiladi:
«Çet elda istiqomat qilayotgan vatandoşlarimizga tegişli xorijiy ommaviy axborot vositalarining doimiy muxbirini akkreditatsiya qiliş töğrisidagi qaror Özbekiston Respublikasining çet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomalari asosida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga murojaat kelib tuşganidan söng beş iş kunigaça bölgan muddatda qabul qilinadi. Uşbu Asosiy qoidalarning 5-bandida talab etilgan hujjatlarga qöşimça ravişda akkreditatsiya oliş uçun ta'sisçi (ta'sisçilar) va moliyalaştiriş manbalari töğrisida ma'lumot ham taqdim etilişi zarur».
Vazirliklar va idoralar özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uşbu qarorga muvofiqlaştiradilar.
Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri A.Komilov zimmasiga yuklanadi.

















