08:29 / 15.04.2019
12660

«PSJ» «Lill» maydonida bosh sovrin o‘rniga 1:5 hisobida mag‘lubiyatni qabul qildi

Foto: AFP/Getty Images

Fransiya chempionatining 32-turi sensatsion natija bilan tugadi. Turning oxirgi o‘yinida «PSJ» eng yaqin ta'qibchisi «Lill» maydonida 1:5 hisobida yutqazdi.

Lilldagi «Per-Morua» stadionida kechgan o‘yinning 11-daqiqasigacha jamoalar bittadan gol almashdilar: dastlab 7-daqiqada Toma Menening avtogoli mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 4 daqiqa o‘tib Xuan Bernat jamoadoshining xatosini to‘g‘riladi – 1:1. Ammo ushbu gol parijliklar uchun oxirgisi bo‘lib qoldi. 36-daqiqada Bernat qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda Nikolya Pepe, Jonatan Bamba, Gabriel Magalyaes, Joze Fonte kabi futbolchilar o‘rtacha har o‘n daqiqada gol urib, «Lill»ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladilar.

«PSJ»ga Fransiya chempionligini rasmiylashtirish uchun bu bahsda durang ham yetarli edi. Tomas Tuxel jamoasi o‘tgan turda ham sovrinni rasman naqd qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda «Strasburg»ni yenga olmagan edi (2:2).

Qayd etish kerak, «Lill» maydonidagi bahsda «PSJ» XXI asrda ilk marta birinchi divizion o‘yinida o‘z darvozasidan beshta to‘p olib chiqdi.

Fransiya chempionati
32-tur, 14 aprel
Lill – PSJ 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Mene, 1:1 – 11 Bernat, 2:1 – 51 Pepe, 3:1 – 65 Bamba, 4:1 – 71 Gabriel, 5:1 – 84 Fonte.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro (Gabriel, 45), Kone, Tiago Mendes, Sheka (Sumare, 69), Pepe, Ikone (Ruy Fonte, 66), Bamba, Remi.
PSJ – Areolya, Dagba, Tiago Silva (Kerer, 16), Kimpembe, Mene (Diabi, 24), Paredes, Verratti, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kurzava, 85), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tiago Mendes (45), Mbappe (45), Draksler (77), Verratti (81).
Chetlatish: Bernat (36).

Monpele – Tuluza 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 54 Skiri, 1:1 – 67 Sidibe, 2:1 – 77 Kamara.

Renn – Nitssa 0:0

Sent-Eten – Bordo 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 56, penalti Xazri, 2:0 – 74 Debyushi, 3:0 – 90 Debyushi. 

13 aprel
Marsel – Nim 2:1 (0:0, 2:1) 
Monako – Reyms 0:0 
Kan – Anjyer 0:1 (0:0, 0:1)
Strasbur – Gengam 3:3 (1:1, 2:2)

12 aprel
Dijon – Amen 0:0
Nant – Lion 2:1 (1:1, 1:0)

Top