Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yanvar oyida Jizzax viloyatiga taşrifi çoğida viloyatdagi barça tuman va şaharlar markazlarini Mirzaçöl tumani markazi Gagarin şahri kabi obod va körkam, aholi uçun barça şart-şaroit va imkoniyatlar yaratilgan hududlarga aylantiriş vazifasini qöygan edi. Xöş, bu vazifalar qanday bajarilmoqda?


Jizzax viloyatining Paxtakor tumani 1967 yilda taşkil etilgan bölib, hozirgi kunda aholi soni 72 ming 800 nafarni taşkil etadi. Asosiy infratuzilma obektlari barpo etilgan vaqt Jizzax çöllarini özlaştiriş jarayoniga töğri keladi. Afsuski, özining qadoq qöllari bilan rizq yaratgan, çöllarni obod qilişda jonbozlik körsatgan çölquvarlar faoliyati, ularning mehnati-yu, yutuqlari haqida maqtov gaplar köp gapirilsa-da, amalda ularning turmuşi öz holiga taşlab qöyildi. Salkam yarim asr davomida tumanda sanoat, uy-joy, ijtimoiy obektlarni bunyod etiş bilan boğliq arzirli işlar bajarilmadi. Natijada uy-joylarni saqlaş, yöllar infratuzilmasi, kommunal, ijtimoiy sohalardagi ötkir muammolar yuzaga çiqib, aholining haqli e'tirozlariga, davlat idoralariga bölgan murojaatlarining oşişiga olib keldi. Tumanda “Obod qişloq”,”Obod mahalla” dasturi hamda «Ilğor hudud» loyihasining izçil amalga oşirişga kirişilgani mohiyatan ana şunday muammolarni bartaraf etişga qaratilgan.



Xususan, boş rejaga muvofiq, tuman markazidagi “Döstlik”, “Dilorom”, “Ğalaba”, “Toşkent”, “Samarqand”, “Oltinköl” va “Suvonobod” mahallalaridagi bir holatga kelib qolgan köpqavatli va yakka tartibdagi uy-joylar, boğça, maktab, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, servis, xizmat körsatiş, savdo nuqtalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaş yuzasidan istiqbolli loyihalar amalga oşirilmoqda. Bu boradagi işlarni öz muddatida yakunlaş uçun zarur işçi kuçi va texnikalar jalb qilingan.






























