Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ikki kişining ölimi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 9 sentabr kuni soat 06:05 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Paxtakor tumani hududidan ötuvçi 4R-35 avtomobil yölining 38 kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.
Döstlik—Jizzax yönalişida harakatlanayotgan Nexia qarama-qarşi yönalişdagi GAZ-330 yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Oqibatda Nexia haydovçisi va old örindiqda bölgan yölovçisi oğir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Voqea joyiga zudlik bilan boşqarma yonğin-qutqaruv otryadidan qutqaruvçilar bölinmasi yetib kelib, ularni maxsus uskunalar yordamida çiqarib olgan.

















