Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In 18 aprel kuni davlat taşrifi bilan mamlakatga keldi.


Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Bugun Koreya Respublikasi prezidenti Özbekiston boş vaziri hamrohligida Toşkent şahridagi Inha universitetiga taşrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oşirilişi rejalaştirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanişadi.
Özbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19 aprel kuni Köksaroyda bölib ötadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.
Imzolaş uçun salmoqli hujjatlar töplami tayyorlangan. Xususan, Özbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi örtasida alohida strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiyani qabul qiliş rejalaştirilgan.



















