Tojikistonning Çorxuk qişloğida respublikaning davlat milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari bahorgi harbiy xizmatga çaqiriq vaqtida Rossiyada işlab yurgan çaqiriluvçilarning ota-onalarini uşlaşdi.  

Mutasaddi idoralar bu ota-onalardan farzandlarini Tojikistonga tezda qaytarişni talab qilişgan. Bu haqda “Axbor” naşri xabar berdi. Ta'kidlanişiça, çaqiruv yoşidagi yigitlarning yaşaş joylari böyiça reydlar avval ham ötkazilgan, biroq iş ularning ota-onalari uşlanişigaça hali bormagandi. 

12 aprelda Tojikiston islom markazi ulamolari harbiy xizmatdan böyin tovlaş oğir gunoh ekanligi haqida bayonot bilan çiqişgan. Ulamolar harbiy xizmatdan böyin tovlaşda farzandlariga yordam beruvçi ota-onalar ham gunohga botişlaridan ogohlantirişgan.

Tojikiston qurolli kuçlariga bahorgi çaqiruv 1 apreldan 31 maygaça davom etadi. Bu vaqtda armiyaga 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan  15 ming yigit çaqiriladi.