02:24 / 18.04.2019
19482

YeChL. "Liverpul" safarda "Portu"ga 4ta gol urib, yarimfinalga chiqdi

Foto: Reuters

"Portu" Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini doirasida o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. 

Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlarning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Mehmonlar safida Mane, Saloh, Firmino hamda van Deyk 1tadan gol urgan bo‘lsa, maydon egalari safidagi yagona gol Eder Militao tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda ham "Liverpul" g‘alaba qozongan edi – 2:0. Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa yarimfinalda "Barselona" bilan kuch sinashadi. 

Portu – Liverpul 1:4

Gollar: 0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Saloh, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.
Portu – Kasilyas, Pepe, Eder Militao, Telles, Felipe, Korona (Fernando, 78), Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Soares, 46), Braimi (Brunu Koshta, 81), Errera.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson (Xenderson, 71), Aleksander-Arnold (Gomes, 66), van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh, Origi (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36).

Ilk uchrashuv – 0:2

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top