Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In 18 aprel kuni davlat taşrifi bilan mamlakatga keldi.
Köksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötmoqda. Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Şavkat Mirziyoyev va Mun Çje In şohsupaga kötarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.




Özbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining Köksaroydagi muzokaralarida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.
Imzolaş uçun salmoqli hujjatlar töplami tayyorlangan. Xususan, Özbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi örtasida alohida strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiyani qabul qiliş rejalaştirilgan.

















