Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukaşenko öz vakolatlarini hukumat bilan bölişişi kerakligini hamda konstitutsiyani öziga moslab özgartirmasligini aytdi.

"Menga tez-tez mavjud konstitutsiyani özimdan keyingi prezidentga şundayligiça qoldirişni xohlaşim haqida savol berişadi. Rostini aytaman: Buni xohlamayman. Biz hozirgidek kuçli prezident hukumati zarur bölgan bosqiçdan ötdik. Hukumat bilan bölişiş kerak emas. Hukumat bölinmaydi, hokimiyat vakolatlarini hukumatning boşqa tuzilmalariga beriş kerak", - dedi Lukaşenko xalq va parlamentga murojaatida.

Masalan, uning sözlariga köra, iqtisodiyot uçun hukumat va parlament javob berişi kerak, markaziy bank esa çetda turmasligi lozim.

"Davlat rahbari, bölajak davlat rahbari esa davlat rahbari bölişi darkor, u dala va fermalarda yurmasligi kerak... Prezidentga u davlat rahbari sifatida bajaradigan, birinçi navbatda kadrlar masalasi böyiça vazifa va vakolatlarni qoldiriş vaqti keldi", - ta'kidladi Lukaşenko.