Ikkinçi marotaba ötkaziladigan “Bir kamar, bir yöl” forumida 37 ta davlat prezidentlari va boş vazirlari iştirok etadi. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vaziri Van I matbuot anjumanda ma'lum qildi.
“Ikkinçi “Bir kamar, bir yöl” forumi Pekinda 25-27 aprelda bölib ötadi va joriy yilda Xitoydagi boş xalqaro tadbir böladi. Uning işida 37 ta davlat yetakçisi iştirok etadi”, deb aytgan Van I.
Uning ta'kidlaşiça, forumda Xalqaro valuta jamğarmasining taqsimlovçi direktori Kristin Lagard va BMT boş kotibi Antoniu Guterreş ham iştirok etadi.
Van Ining ma'lum qilişiça, forum dasturi turli tadbirlarga ança boy böladi. 25 aprelda 12 ta tematik forum va anjuman, 26 aprelda tantanali oçiliş marosimi, 27 aprelda umumiy yiğiliş bölib ötadi. Barça tadbirlarga Xitoy yetakçisi Si Tszinpin raislik qiladi.
Bundan taşqari, Si Tszinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan birga mehmonlar uçun tantanali banket taşkillaştiradi.
Birinçi forum Pekinda 2017 yil mayida bölib ötgandi. Unda 29 ta davlat yetakçisi iştirok etgan.
“Bir kamar, bir yöl” konsepsiyasi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 dan köproq davlatini boğlovçi savdo-transport yölaklarini taşkil etiş va mavjudlarini takomillaştiriş böyiça xalqaro taşabbusi bölib, uşbu davlatlar va Xitoy örtasida savdo munosabatlarini rivojlantirişda kömak berişga çorlangan.

















