Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Jambul oblastidagi yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
«Qordaydagi trassada yirik yöl-transport hodisasi röy berdi va Özbekiston fuqarolari bölgan 11 kişi halok böldi, jarohatlanganlar köp. Marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Özbekiston Respublikasi prezidentiga telegramma yubordim. Yöllarimizdagi vaziyat xavotirli, bu haqda IIVdagi yiğilişda ham gapirgandim. Hukumatga keçiktirib bölmas çoralarni köriş haqida topşiriq berdim!», degan Qozoğiston prezidenti tvitterdagi rasmiy sahifasida.
20 aprel kuni tongda, mahalliy vaqt bilan soat 05:09da Qozoğiston janubidagi Jambul oblasti Qorday tumani hududida, «Olmaota—Toşkent» trassasining 181-kilometrida Van Hool rusumli yölovçi avtobusi iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Avtobusdan oldinda ketayotgan Toyota Camry avtomobili yuk maşinasi bilan töqnaşgaç, haydovçisi töqnaşuvdan qoçişga uringan va avtobus ağdarilib ketgan.
Hodisa joyida 8 kişi halok bölgan, 32 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan, keyinroq ularning 3 nafari vafot etgan.
Bundan avvalroq, Özbekiston TIV Jambuldagi YTH oqibatida halok bölganlar Özbekiston fuqarolari ekanini tasdiqlovçi axborot yöqligi, jarohatlanganlarning 7 nafari özbekistonliklar ekani haqida xabar bergandi. Xabarlarga köra, jabrlanib, şifoxonaga yotqizilganlar orasida Tojikiston fuqarolari ham bor.


















