AQŞning Özbekiston Respublikasidagi keyingi favqulodda va muxtor elçisi sifatida işlagan Pamela Spartlen öz vakolatlarini tugatgaç, 2018 yilning avgustida AQŞ senati Daniel Rozenblyumni yangi elçi etib tasdiqlagan edi.

Qariyb olti oydirki, AQŞning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonasi elçisiz faoliyat körsatib kelayotgan edi. AQŞ Senatining 2019 yil 11 apreldagi tasdiği bilan Daniel Rozenblyum Özbekistondagi elçi etib tayinlangan.

Senatning öşa bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari — Afğonistondagi tinçlikni qöllab-quvvatlaş böyiça amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qiliş, xalqaro muammolarga qarşi kuraşişda faol iştirok etiş, Özbekistonda islohotlarni tezlaştiriş böyiça sa'y-harakatlardir.

Şuningdek, Rozenblyum Qöşma Ştatlarning xususiy sektorini jalb etiş va investitsiyalar uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga kömaklaşişda ham faol iştirok etgan, deyiladi hujjatda.

2014 yildan boşlab Daniel Rozenblyum AQŞ Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça mas'ul kotibi vazifasida işlab kelayotgan edi.