Buyuk Britaniya Konservatlar partiyasi qömita rahbari Grem Bredi 23 aprel kuni mamlakat Boş vaziri Tereza Mey iste'fosini talab qiladi, deb xabar bermoqda The Times öz manbalariga tayangan holda. 

Ta'kidlanişiça, Bredi Boş vazirning joriy yil iyun oyi yakuniga qadar öz lavozimini topşirişini söramoqçi. Aks holda, parlament a'zolari hukumatga işonçsizlik votumini muhokama qilişi mumkin, deya ta'kidlaydi naşr.

Breksit işi böyiça Meyga qarşi bölgan parlamentariy soni umumiy a'zolarning 70 foizidan ortib qoldi. Şunga qaramay, Boş vazir ikki marta işonçsizlik votumi böyiça ovoz beriş jarayonidan muvaffaqiyatli öta oldi. Birinçi marta votum haqida Meyning partiyadoşlari gapirgandi. Hukumat va parlament örtasidagi nizolar Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi bilan boğliq. 

Joriy yil 29 mart kuni Breksit işi yakuniga yetişi kerak edi, ammo Mey vazifani uddalay olmadi. YeI Buyuk Britaniyaga jarayonni yakunlaş uçun yangi muddat tayinlagan.