Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi «ShHT – Afg‘oniston» muloqot guruhining majlisida ishtirok etdi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
19 aprel kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo-mamlakatlar vakillari Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy rahbarligidagi delegatsiya bilan birgalikda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. “ShHT – Afg‘oniston” shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston Afg‘onistonda ziddiyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni faollashtirishni ma'qullashi va qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi, deyiladi xabarda.
“Biz Afg‘onistondagi siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va afg‘on xalqi boshchiligida amalga oshirilishi shart degan asosiy tamoyil tarafdori bo‘lib qolamiz. Kurashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishishda huquqni muhofaza qilish, fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, ayollar huquqlarini himoya qilish kabi sohalar bo‘yicha davlat institutlarini saqlab qolish muhim hisoblanadi” , – dedi Ismatulla Irgashev.
Qayd etilganidek, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy kelajagiga, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikka va Afg‘onistonning yosh avlodiga investitsiya kiritmoqda. Afg‘onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta'lim sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomonidan “Surxon–Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘ining qurilishi, Termiz shahrida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi va bojxona terminaliga ega bo‘lgan “Termiz-Kargo” logistika markazining ochilishi, “Mozori-Sharif–Hirot temir yo‘li qurilishi” loyihasining ishlab chiqilishi shular jumlasidandir.
Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston afg‘on xalqi uchun muhim bo‘lgan boshqa loyiha – “Mozori Sharif–Kobul–Peshavor” temir yo‘li qurilishida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Pokiston va Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mazkur temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydi hamda turli mamlakatlar, jumladan ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqa o‘rnatishga yordam beradi.
Bundan tashqari, joriy yilda Toshkent shahrida Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan sakkizinchi xalqaro konferensiyaning vazirlar uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Majlisda Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatishda “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.
Bishkek shahrida bo‘lish chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhi majlisida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari – Xitoy TIVning tashqi xavfsizlik bo‘yicha maxsus vakili Chen Gopin, Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gitesh Sharma bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Afg‘onlararo tinchlik jarayonini boshlash va Afg‘onistonda infratuzilmaviy, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:35
-
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi
O‘zbekiston | 11:32
-
Mustaqillik ko‘chasida rul boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi yo‘l inshootlariga urildi
O‘zbekiston | 11:24
-
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi
O‘zbekiston | 10:46
Mavzuga oid

16:42 / 14.07.2025
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025