Feldmarşal Halifa Haftar qömondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi poytaxt Tripoliga yurişining 2-bosqiçini boşladi. Bu haqda milliy armiya vakili, general-mayor Ahmad al-Mismariy ma'lum qildi.
Generalning ta'kidlaşiça, armiyaning harbiy tezkor ştabi piyoda qöşinlar 1-bosqiçda qöyilgan vazifalar bajarilgani haqida hisobot bergaç, 2-bosqiçni boşlagan. Qöyilgan vazifalar orasida hududni tozalaş va Milliy kelişuv hukumati qöşinlarining asosiy va qöşimça pozitsiyalarini aniqlaş bölgan.
Al-Mismariy Tripolidagi hukumat kuçlari boy berilgan pozitsiyalarni qaytara olgani haqidagi ma'lumotni rad etgan. Uning aytişiça, milliy armiyaning sekin siljişi operatsiya aholi ziç hududlarda ötayotgani bilan boğlangan.
EFE axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Tripoliga hujumning kuçaytirilişi Ramazon oyi yaqinlaşayotgani va tomonlar uşbu muqaddas oyda yaraşuvga rozi bölişlari mumkinligi bilan boğlangan.
Haftar Tripoliga yurişga 4 aprelda buyruq bergandi. Uning bölinmalari Tripolidan janubda joylaşgan Ğaryon va Surman şaharlari ustidan nazorat örnatişga muvaffaq bölgan.














