4 yanvar keçki payt Liviya poytaxti Tripolidagi harbiy kollej zarbaga uçraşi oqibatida kamida 28 kadet halok böldi, 18 nafari jarohat oldi. Afrigatenews portalining xabar berişiça, bu haqda Facebook’da Milliy kelişuv hukumati vakillari ma'lum qilişgan.
Ma'lumotlarga köra, şaharning kollej joylaşgan Al-Hadba tumani zarbaga uçragan.
Milliy kelişuv hukumati talabalarning ölimi uçun javobgarlikni marşal Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi zimmasiga yuklagan. Kadetlar halok bölgani ma'lum qilingandan keyin Tripoli, Misurat va Zuvar şaharlarida uşbu hujumni qoralovçi namoyişlar boşlangan.
Ayni vaqtda Liviyada qöşhokimlik hukm surmoqda: Ğarbda BMT tomonidan tan olingan Fayoz Saroj boşqaruvidagi Liviya milliy kelişuv hukumati (poytaxti Tripoli) va şarqda Abdulla Abdurrahmon as-Soniy boşqaruvidagi muvaffaqt parlament hukumati (poytaxti Benğozi). Şarqdagi hukumat Xalifa Haftar armiyasiga tayanadi. 2019 yilning aprelida Tripoli tomon yuriş boşlagan Haftar 12 dekabr kuni yurişning hal qiluvçi bosqiçi boşlanganini e'lon qilgandi.














