Liviyadagi ziddiyat: neft uçun kuraş va ikki frontdagi iste'folar
|23:35 / 20.09.202019 30211 min
Liviyadagi fuqarolik uruşida ikki tomonda ham harakatsizlik kuzatilişi ikki rejimda ham siyosiy barqarorlik yöq ekanini körsatib qöydi, liviyaliklar bu hukumatlarni koronavirusga qarşi muvaffaqiyatsiz kuraş olib borişda, korrupsiyada, narxlar ösişida va elektr ta'minotidagi uzilişlarda ayblab çiqişdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Tripolidagi BMT tomonidan tan olingan Foiz Sarroj boşçiligidagi Liviya milliy kelişuv hukumatiga qarşi ham, şarqdagi general Xalifa Haftar armiyasiga tayanadigan hukumatga ham qarşi köça namoyişlari boşlanib ketdi.
Mitinglar, töqnaşuvlar va içki kuraşlar bir hafta içida ikki lagerda ham hukumatlar iste'fosiga olib keldi: çorşanba kuni Sarroj oktabr oyi oxirigaça iste'foga çiqişini e'lon qildi, biroz avvalroq Haftarning ittifoqçisi, şarqdagi muqobil hukumat rahbari Abdulla Soniy ham iste'fo bergandi.
Liviya – Afrikaning neft zaxiralariga eng boy davlati hisoblanadi, bu mamlakatdagi ziddiyat allaqaçon xorijdagi superqudratli davlatlarning gibrid uruşiga aylanib ketgan. Sarroj boşçiligidagi Liviya milliy kelişuv hukumatini Turkiya va Qatar diplomatiya va harbiy yöllar orqali qöllab keladi, Haftarga esa BAA, Misr, rossiyaliklarning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Fransiya kabi davlatlar oşkora yoki maxfiy ravişda yordam berib keladi.
Liviyadagi qarama-qarşilik, xuddi Gretsiya va Turkiya örtasida Örta yer dengizida yuzaga kelgan qarama-qarşilik singari avvalgi mojarolardan Vaşingtonning uşbu mintaqaga bölgan qiziqişlari kamayişi ortidan mahalliy kuçli davlatlarning asosiy öyinçilarga aylangani bilan farqlanadi.
Mamlakatda fuqarolik uruşi 2011 yildan buyon davom etib kelmoqda, öşanda NATO amaliyoti natijasida 42 yil mobaynida hukmronlik qilgan Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ağdarilib, öldirilgandi.
Ikki front çiziğida ham iste'fo
Sobiq arxitektor Sarroj mamlakatni özi birlaştira olmadi va Turkiya bilan ittifoq tuzdi
Çorşanba kuni Sarroj telemurojaat orqali oktabr oyi oxirigaça boş vazirlik lavozimini tark etişi haqida ma'lum qildi. Öz nutqida u Jyenevada BMT homiyligida ötkazilayotgan tinçlik muzokaralarini tilga olib ötgan. Bu muzokaralar yakuniga köra mamlakatni birlaştiriş va yangi saylovlar ötkaziş böyiça kelişuvga erişilişi közda tutilgan.
Asli arxitektor bölgan Sarroj hukumatni 2015 yildan buyon boşqarib keladi, u hukumatni dastlab xorijdan turib boşqargan, mamlakatga faqat 2016 yilda kirişga muvaffaq bölgan.
Uning iste'fosi haqidagi xabarlar ortidan Tripolida içki kuraş boşlanib ketgan - iyun oyida armiya Turkiya harbiylari va qurollari yordamida Haftar armiyasini çekintirgaç hokimiyatni egallaş masalasi birinçi öringa çiqdi.
Mavzuga oid
Haftar kuçlari bir yildan oşiq davom etgan qamalni töxtatişga majbur bölgaç, Liviyada tinçlik sulhi tuzildi, avgust oyi oxirida Sarroj va şarqdagi parlament rahbari Agila Solih öt oçiş töxtatilgani haqida e'lon qilişdi. Ammo Haftar hamon bu borada sukut saqlamoqda.
Harbiy harakatlardagi tanaffus liviyaliklarga hukumat faoliyatidan noroziliklarini oçiqdan oçiq bildiriş imkonini yaratdi - odamlar köp yillardan buyon ilk marta köçalarga çiqişdi - ammo boş vazir Sarrojga sadoqatli bölgan qurolli guruhlar namoyişçilarni tarqatib yuborişdi.
Human Righs Watch inson huquqlari taşkiloti bunday guruhlar namoyişçilarni qölga olgani va qiynoqqa solayotgani, odamlarga qarata maşinalarga örnatilgan havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlaridan öt oçayotgani haqida xabar bergan. Matbuotdagi ma'lumotlarga köra, namoyişçilardan biri halok bölgan.
Sarroj hukumatida IIV rahbari bölgan Fathi Başaga namoyişçilarni qöllab çiqqan. U politsiyaçilar namoyişçilarni himoya qilişini ma'lum qilgan. Bundan ğazablangan Sarroj esa Başagani iste'foga çiqargan.
Politsiya öz şefi Başagani qöllab çiqdi / Reuters
Ammo Başaga Turkiyadan yordam söradi va vazifasiga tiklandi, bu esa Tripolidagi hukumat Anqaraning vassaliga aylanganini körsatadi.
Financial Times xabariga köra, Başagining haydalişini uning duşmanlari va muxoliflari köçalarda havoga öq uzib nişonlaşgandi
Bu voqealardan biroz avvalroq mamlakat şarqidagi Tobrukni qarorgoh qilgan Abdulla Soniy boşçiligidagi muqobil hukumat ham iste'foga çiqqandi.
Bu iste'foga ham Tobrukda va Haftar kuçlari nazoratidagi yana bir yirik şahar Benğozida keng kölamli namoyişlar boşlanişi sabab bölgandi.
Ijtimoiy holatdan norozilik bildirgan namoyişçilar Haftaning Benğozidagi ştab-kvartirasiga öt qöyişgan, uning al-Majdagi qarorgohida töqnaşuvlar bölib ötgan.
AFP
Neft böyiça bahslar
Tripoli ostonasidagi mağlubiyatga qaramay, aynan Haftar rahbarligidagi Liviya milliy armiyasi mamlakatdagi asosiy neft konlarini nazorat qilişda davom etmoqda va Liviya milliy hukumatini asosiy daromad manbayidan mahrum etmoqda.
Juma kuni Haftar «fuqarolar farovonligi uçun» öz armiyasi nazoratidagi havzalarda yangi neft obektlari oçilişini e'lon qildi va bu konlardan keladigan foydani adolatli taqsimlaşni talab qildi.
U şuningdek xorijdagi kuçlarning mamlakat hayotiga aralaşuvini tanqid qildi.
«Mamlakatimizda mustamlakaçilar va terrorçilarga örin yöq. Biz hayot ekanmiz, Liviya birligi uçun kuraşişda davom etamiz», dedi general Turkiyaning Tripolidagi hukumatga ta'siri va mamlakatga turklar tomonidan olib kelib joylaştirilgan suriyalik jangarilarga işora qilgan holda.
Generalning bu bayonotidan bir kun avval Liviya milliy neft korporatsiyasi Liviya milliy armiyasini neft inşootlari blokadasiga yöl qöyilmasligi haqida ogohlantirib, Haftarni yer osti boyliklaridan maxfiy muzokaralarda muhim vosita sifatida foydalanişda ayblab çiqqandi.
Haftar 2019 yili Moskvadan Sarroj bilan kelişuvni tuzmay ketib qolgandi / AFP
Korporatsiya rahbariyati Haftar neft terminallariga «Vagner»ning rossiyalik yollanma jangçilarini joylaştirgan, deb hisoblamoqda.
«Biz Vagner yollanmalariga mamlakat neft sanoatida muhim rol bajarişga yöl qöymasligimiz kerak», degan korporatsiya rahbari Mustafo Sanalla.
Kompaniya press-relizida qanday muzokaralar haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritilmagan, ammo Bloomberg agentligi manbasi Haftarning öğillaridan biri ötgan haftada Soçida Sarrojning örinbosari Ahmad Maytik bilan uçraşgani haqida xabar bergan.
Juma kuni Financial Times naşri blokadaning bekor qilinişi Maytig va Haftar uçraşuvi samarasi ekani haqida yozib çiqdi.
Liviya milliy kelişuv hukumati boş vaziri örinbosari kelişuv matnini e'lon qilgan, unda neft qazib olinişi va undan tuşadigan daromad ikki tomon örtasida teng taqsimlanişini nazorat qiluvçi maxsus komissiya tuzilişi közda tutilgan.
Bloomberg neft konlari tösib qöyilganidan Liviya budjeti 9 mlrd dollar zarar körgani haqida ma'lumot bergan.
Marokaşdan Moskvagaça muzokaralar
Jyenevadagi tinçlik muzokaralaridan taşqari, ikki tomonni yaraştiriş uçun Marokaş, Misr va Rossiya davlatlari öz hududida muzokaralar maydoni taklif etgan.
Şu haftada Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Rossiya va Turkiya Liviyada öt oçiş töxtatilişi va siyosiy jarayonlar boşlanişi böyiça kelişuvga erişişga yaqin ekani haqida xabar bergandi.
«Hozir istiqbolli vaziyat paydo böldi. Biz bu tinçlik jarayonini faol ravişda qöllaşga va unga öz hissamizni qöşişga harakat qilmoqdamiz», degandi juma kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
Ziddiyatning ikki tomoni ham qurollarini topşirişga tayyor bölmagan guruhlarga tayanadi
Moskva bu ziddiyatda betaraf ekanini aytib keladi va unda vositaçi vazifasini bajarişga harakat qiladi, ammo BMT ekspertlari RF qurolli kuçlari embargoni buzgan holda Liviyaga «Vagner»ning rossiyalik yollanma askarlarini qöllab-quvvatlaş uçun qurol-yaroğ yetkazib berişi haqida hisobot tayyorlaşgan.
BMTning boşqa bir hisobotiga köra, Haftar tomonida 1,2 mingdan oşiq rossiyalik yollanma harbiylar jang qilişi ma'lum bölgan. BBC rus xizmati uşbu xususiy harbiy kompaniya harbiylari Liviyaga 2018 yilda borişgani haqida ma'lumot bergan.
Prezident Vladimir Putin Liviyada rossiyaliklar borligi haqidagi savolga javoban, bu yollanma jangçilar Rossiya manfaatlariga xizmat qilmasligini aytgan.
Rossiya - Liviya masalasidagi harakatlari va bayonotlari bir-biriga mos kelmaydigan yagona xorijiy davlat emas. Uşbu ziddiyatga aloqador bölgan boşqa davlatlar ham Liviyada tinçlikka erişilişini qöllab-quvvatlaşlarini bildirişadi va ziddiyatni hal qiliş uçun vositaçilik bölişga harakat qilişadi, ammo BMT Turkiya, BAA, Qatar va boşqa mintaqaviy öyinçilar ham qurol yetkazib berişga qöyilgan embargoni buzişganini qayd etgan.
Bundan taşqari, ekspertlarning qayd etişiça, na Tripolidagi hukumat va Haftar bu uruşda öz koalitsiyasidagi barça kuçlar ustidan töliq nazorat örnata olgan. Ikki frontda ham qurollarni taşlaşga rozi bölmagan köplab guruhlar mavjud.
Ayni vaqtda 76 yoşda bölgan Haftar Qazzofiyning yaqin kişilaridan biri bölgan, ammo u bilan bahslaşib mamlakatni tark etgan va 20 yil mobaynida AQŞda istiqomat qilgan, Qazzofiy ağdarilgaç mamlakatga qaytgan va vatanida mustaqil siyosiy kuçga aylanişga qaror qilgan.
1970-yillarda u sovetlarning Frunze nomidagi harbiy akademiyasida tahsil olgan, 1990-yillarda esa Amerika fuqaroligini olgan. U 20 yil mobaynida Virjiniya ştatida, Markaziy razvedka boşqarmasi ofisi ham joylaşgan Lengli şahrida yaşagan.
Buyoğiga nima böladi?
Ekspertlarning prognozlariga köra, Sarrojning iste'fosi Liviya milliy kelişuv hukumatini kuçsizlantirişi va Tripolida qurolli kuçlarning ta'siri kuçayişiga olib kelişi mumkin.
«Bu amalda manyovrlarning yangi bosqiçiga start berilişidir. Oxir-oqibat bu Liviya ğarbidagi kuçlar, xususan, Liviya milliy kelişuv hukumatining maqomi pasayişiga olib keladi», degan Reuters agentligiga bergan intervyusida «Xalqaro munosabatlar böyiça Yevropa kengaşi» tadqiqot markazi ilmiy maslahatçisi Tarik Magrisi.
Buning alomatlaridan biri sifatida Rossiyada Liviya milliy kelişuv hukumati boş vaziri örinbosari va Haftarning vakili örtasida tuzilgan neft böyiça kelişuv şartlarini köriş mumkin.
Germaniyadagi Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik instituti eksperti Volfram Laxer Financial Times naşriga bergan intervyusida bu kelişuvni Haftarning talablari qarşisida töliq taslim böliş deb atagan.
Niderlandiyadagi xalqaro munosabatlar instituti xodimi Klingendal Jalil Arşaui ham hokimiyat almaşinuvi Tripolidagi hukumat ta'siridagi guruhlarning özaro içki töqnaşuvlariga sabab bölişi mumkin deb hisoblaydi.
«Turli qurolli guruhlar bilan boğliq muammolar jiddiylaşadi», deydi Araşui Reuters’ga bergan intervyusida.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi