«Biz uşbu konferensiyada iştirok etgan barça delegatlarning Liviyadagi uruşayotgan tomonlarni qöllab-quvvatlamaslik hamda barça harbiy harakatlarni töxtatib, öt oçişni töxtatiş böyiça sulhga rioya qiliş böyiça va'dasini oldik», degan Merkel.

Berlindagi sammitda Liviyada özaro uruşayotgan ikki tomon - Tripolining xalqaro miqyosda tan olingan Milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj va uning raqibi, Liviya milliy armiyasi qömondoni general Xalifa Xaftar ham iştirok etgan, ammo ular özaro uçraşuv ötkaziş böyiça kelişa olişmagan.

Konferensiya qatnaşçilari qatorida mezbon Germaniya rahbaridan taşqari, rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson, Italiya boş vaziri Juzeppe Konte va AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo bor. Şuningdek, BAA, Misr, Jazoir, Xitoy va Kongo vakillari hamda BMT, Yevropa ittifoqi, Afrika ittifoqi va Arab davlatlari ligasi rahbarlari iştirok etmoqda.

Germaniya kanslerining sözlariga köra, sammit iştirokçilari ötgan hafta davomida Tripolida örnatilgan tinçlik doimiy bölişi va siyosiy muzokaralarni davom ettiriş kerakligiga kelişişgan. Merkel xonimning aniqlik kiritişiça, tinçlikka amal qilinişi maxsus qömita tomonidan nazorat qilinadi, uning tarkibidan ziddiyatli tomonlarning vakillari bölgan 5 nafar harbiy vakil örin oladi.

Şu bilan birgalikda, Rossiya taşqi işlar vaziri v.b Sergey Lavrov Liviyada özaro uruşayotgan guruhlar yaraşişdan uzoqligini tan olgan. «Umuman, biz bu konferensiyani foydali deb hisoblaymiz, - degan Lavrov Berlin sammitidan keyin. - Öz-özidan tuşunarliki, alal-oqibat barçasini liviyaliklarning özlari hal qilişadi, hozirça esa ular örtasida muloqot örnatilmadi, ularning masalaga yondaşuvlari bir-biridan juda farqli».

Taşqi kuçlar ziddiyati

Liviyadagi ziddiyatga barham berilişi uning barça taşqi iştirokçilariga, şu jumladan Rossiyaga ham boğliq, dedi Berlinga kelgan Boris Jonson.

«Gap taşqi kuçlar tomonidan olib borilayotgan vositaçilik mojarosi haqida ketmoqda: bir tomonda Rossiya, Misr va boşqa davlatlar, ikkinçi tomonda Turkiya va boşqa davlatlar, uçinçi tomonda Yevropa ittifoqi davlatlari. Bunday mojaro faqat taşqi kuçlar öz aralaşuvini töxtatsa yakun topişi mumkin. Britaniya barçani şunga çaqiradi, bu holat juda uzoq vaqt saqlanib qolmoqda va bu şarmandalikdir», degan Jonson jurnalistlarga.