Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahmadjonov Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligidan ketdi. Uning o‘rnini Tojikiston prezidentining o‘g‘li egalladi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shni respublika poytaxtidagi «Xayatt Ridjyensi Dushanbe» mehmonxonasining anjumanlar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkilotga yangi rahbar saylandi.
Foto: Tojikiston futbol federatsiyasi
Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasining yangi rahbari sifatida Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Imomali saylandi. U hozirgacha tashkilot rahbarligi rolida ishlab kelgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘rnini egalladi. Shuningdek, MOFA shtab-kvartirasi Toshkentdan Dushanbega ko‘chadigan bo‘ldi. MOFAga O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Eron futbol ittifoqlari a'zo hisoblanishadi.
Rustam Imomali 1987 yil 19 dekabrda tug‘ilgan. U Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi. Futbolga befarq bo‘lmagan Rustam Emomali Dushanbe shahri hokimi bo‘lishi bilan birga Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi. Rustam Imomali rus, ingliz va nemis tillarini bilishi aytiladi.
Qayd etish lozim, 2014 yilda tashkil qilingan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasini hozirgacha Mirabror Usmonov va Umid Ahmadjonov kabi o‘zbekistonlik futbol rasmiylari boshqarishgan.
Mavzuga oid
18:32 / 13.09.2023
Senat raisi tojikistonlik hamkasbi Rustam Emomali bilan uchrashdi
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019