Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo-Okeaniya chempionati g‘oliblari Toshkentga yetib keldi. Ular tantanali ravishda kutib olindi
24 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida dzyudo bo‘yicha Osiyo—Okeaniya chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar tantanali kutib olindi.
Ushbu marosimda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, Mudofaa vazirligi sport klubi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
20—23 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan chempionatda Mudofaa vazirligi sport klubi a'zolari ham qatnashib, milliy terma jamoa hisobiga medallar shodasini qo‘shib qo‘ygan.
Ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Gulnoza Matniyozova (-70 kg) hamda Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) kumush medal sohibiga aylandi. Hikmatillo To‘rayev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) bronza medallari bilan qaytishdi.
«Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan sportchilar jahon arenalarida qo‘lga kiritgan g‘alaba va sovrinlari bilan muborakbod etildi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
07:20 / 14.02.2026