Bangkokda 19 apreldan boshlangan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. Kun.uz musobaqaning hal qiluvchi bahslari oldidan turnirga doir ayrim faktlarga to‘xtalib o‘tadi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining 10 a'zosidan 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, bu – barcha jamoalar orasida eng yaxshi natija.

Bahodir Jalolov / Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Finalda Qozog‘iston va Hindiston termalaridan 4 nafardan vakil qatnashadi, Janubiy Koreyadan esa ikki bokschi oltin medal uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Yana beshta mamlakatning bir nafardan sportchilari hal qiluvchi janglarda ishtirok etadi.

Finalchilar:
5 – O‘zbekiston
4 – Qozog‘iston, Hindiston
2 – Janubiy Koreya
1 – Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Iordaniya, Yaponiya, Filippin

Bronza medallari:
3 – Qozog‘iston, Hindiston, Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Xitoy
1 – O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Iordaniya, Suriya, Yaponiya, Filippin

Sanjar Tursunov / Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumiy medallar soni bo‘yicha birinchilik Qozog‘iston va Hindistonga tegishli – ushbu mamlakatlarning 7 nafardan bokschisi chempionatni medal bilan yakunlamoqda. O‘zbekistonliklardan esa 6 vakil Osiyo chempionati sovrindoriga aylangan.

Jami medallar soni bo‘yicha:
7 – Qozog‘iston, Hindiston
6 – O‘zbekiston
4 – Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Filippin