Feldmarşal Halifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Tripolidagi milliy kelişuv hukumati kuçlariga qarşi jangda muhim strategik pozitsiyani egallaşga muvaffaq böldi. Bu haqda Al Masdar News naşri yozdi.

Ma'lum qilinişiça, LMA Al-Aziziya şahri yaqinida hukumat kuçlarini siqib çiqargan. Uşbu şahar Tripolidan taxminan 55 km uzoqlikda joylaşgan.  

Ta'kidlanişiça, Haftar armiyasi hukumat kuçlarini şimolga çekinişga majbur qilgan va şu tariqa bu hududdagi bir haftalik janglarni yakunlagan. Pozitsiyalarning egallanişi LMAga jiddiy ustunlik beradi: bu yerdan harbiylar Tripolining janubiy hududlariga jiddiy yurişni amalga oşirişlari mumkin.

23 aprelda LMA Tripoliga hujumning 2-bosqiçini boşlagani ma'lum qilingan. Öşa kuniyoq LMA kuçlari aviabazaga hujum qilmoqçi bölgan harbiy samolyotni urib tuşirgan.