Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida Fransiya Kubogi finali o‘tkazilib, unda «Renn» — «PSJ»ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi — 6:5.

O‘yinda hisobni «PSJ» himoyachisi Dani Alves ochgandi, u 13-daqiqada jarima maydonidan tashqaridan kuchli zarba yo‘llab gol urdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Neymar parijliklar jamoasi ustunligini mustahkamladi.

40-daqiqada «PSJ» himoyachisi Presnel Kimpembe o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida «Renn» himoyachisi Mesher muvozanatni tikladi.

O‘yinga qo‘shib berilgan ikkita 15 daqiqali bo‘limlarda muxlislar gol ko‘rishmadi. 118-daqiqada parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe maydondan chetlatildi. Penaltilar seriyasida «Renn» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 6:5.

Parijliklar safida oltinchi bo‘lib nuqtaga yaqinlashgan Stefan Nkunku xatoga yo‘l qo‘ydi.

Shu tariqa, «Renn» o‘z tarixida uchinchi marta Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi. Qizil-qoralar bu turnirda 1965 va 1971 yillarda g‘olib bo‘lishgan. Bu borada fransiyada rekordchi klub «PSJ» hisoblanadi — 12 sovrin. Klub keyingi 4 yilda bu sovrinni hech bir klubga bermagandi (1982, 1983, 1993, 1995, 1998, 2004, 2006, 2010, 2015, 2016, 2017, 2018).