National Interest AQSh va Rossiyani «yarashtirish» yo‘lini aytdi
AQSh Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun ikki mamlakat o‘rtasida vaqtinchalik kelishuv tuzishi mumkin, deb yozadi National Interest.
Qayd etilishicha, Vashington Pekinga qarshi koalitsiya tuzishdan manfaatdor, buning "eng yaxshi va oson" yo‘li esa modus vivendi — keyinchalik muntazam tusdagi shartnomaga almashtirish mumkin bo‘lgan vaqtinchalik kelishuv tuzish hisoblanadi. Jurnalning yozishicha, Moskva Yevropa yoki AQSh bilan nizolashmoqchi emas va G‘arbning Rossiya chegaralariga yaqinlashuvi to‘xtashidan umidvor.
Ammo nashrning yozishicha, har qanday qaror G‘arbdan Qrimning endi Ukrainaniki emasligini tan olishni talab qiladi. Bundan tashqari, AQSh NATO ekspansiyasini to‘xtatishni taklif qilishi, Rossiya esa buning evaziga Donbassni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi mumkin.
Jurnalning ta'kidlashicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishuv barcha nizolarga barham bermaydi, ammo ikki davlat o‘rtasidagi muloqot iziga tushadi.
Nashr Qo‘shma Shtatlar keyingi paytda Rossiya va Xitoyning noroziligiga sabab bo‘ladigan harakatlar qilganidan taassufda ekanligini bildiradi. Maqola muallifi buning o‘rniga AQSh ikki asosiy raqibining o‘zaro yaqinlashuviga imkon bermasligi lozimligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024