Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan «Orolga hayot qaytmoqda» şiori ostida yörğa tuvaloqlar Möynoq hamda Qönğirot tumanlarida tabiatga qöyib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabiat qöyniga 1000 boş quş uçirma qilingan bölib, ular Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli bölgan International fund for houbara conservation markazida köpaytirilgan.
Joriy yil mart oyida ham 2382 boş yörğa tuvaloq Qizilqum çöli yalangliklariga qöyib yuborilgan edi.
Ma'lumot uçun, yörğa tuvaloqlar 2009 yilda Özbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.













