Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI AQShning qurol savdosi to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi dunyodagi tinchlikka raxna solishini bildirdi
Yevroittifoq AQShning qurol savdosi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni rad etishi borasidagi qaroridan afsusda. Bu noqonuniy qurol trafigiga sabab bo‘ladi va dunyodagi tinchlikka raxna soladi. Bu haqda YeIning bayonotida aytiladi.
"Nazorat qilib bo‘lmaydigan qurol savdosi dunyoning aksariyat qismlarida harbiy nizolar, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka sabab bo‘lib, odamlarga ulkan aziyatlar olib keladi. O‘qotar qurollar yiliga yarim millionga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘ladi", - deyiladi unda.
Juma kuni Donald Tramp AQSh senatidan Barak Obama prezidentligi davrida imzolangan shartnomani ratifikatsiya qilish jarayonini to‘xtatishni so‘rashini ma'lum qildi. Amerika prezidenti shuningdek, BMTni AQShning mazkur shartnomada qatnashmasligi haqida xabardor qilmoqchi ekanligini aytdi.
Ushbu shartnoma xalqaro qurol savdosini tartibga soluvchi yuridik hujjatdir. U jangovar tanklar, jangovar zirhlangan mashinalar, yirik kalibrli artilleriya tizimlari, jangovar samolyotlar, jangovar vertolyotlar, jangovar kemalar, raketalar, o‘qotar qurollarga nisbatan qo‘llaniladi.