Andijon viloyatida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning 65 yillik yubileyi bölib ötgani haqida xabar bergan edik.
27 aprel kuni Andijon şahrida Muhammad Yusuf xiyoboni oçilgaç, yubileyga kelgan mehmonlar şoir tuğilib ösgan Marhamat tumaniga ham borişgan. U yerdagi uçraşuvlardan qaytişayotganda Özbekiston xalq şoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir, şuningdek, şoir Nodir Jonuzoq ötirgan maşina avtohalokatga uçragan.
Bizga ma'lum bölişiça, berilganiga bir haftaça bölgan yap-yangi «Neksiya-3» yengil maşinasi rulida Andijon viloyat yozuvçilar uyuşmasi raisasi Xurşida Qöçqorova bölgan.
Töğri, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari viloyat markazida taşkillaştirilgan el suygan şoirni xotirlaş tadbiri kötarinki ruhda ötişi, mehmonlarga sovğa-salomlar masalasida yordam qilişgan, ammo respublikamizning boşqa şaharlaridan keladigan mehmonlarni kutib oliş, mehmonxonalarga joylaştiriş va kuzatiş işlariga loqayd munosabatda bölişgan.
Bu işlar töliq Xurşida Qöçqorovaning gardaniga tuşgan. U ikki kun davomida deyarli uxlamasdan barça işlarga özi yugurib-yelib harakat qilgan. Masalan, poyezd poytaxtdan keçasi soat 23:30da Andijonga yetib boradi. Ikki kun mobaynida u ayol boşi bilan bir özi mehmonlarni kutib olib, joylaştiriş işlari bilan maşğul bölgan.
Marhamat tumanida ötgan tadbirlarda esa xavfsizlik tartib-qoidalariga mutlaqo amal qilinmagan. Muhammad Yusufning uyiga eltuvçi yöl viloyatlardan kelgan minglab muxlislar va ularning avtomaşinalari bilan tölib ketgan. Balkim tumanning kuçi yetmas, ammo viloyatdagi içki işlar organlaridan tartibga solib turuvçi biror yordamçi kuç ajratilmagan.
Bizga tasvirlab berişlariça, Muhammad Yusufning xonadoni odamlarga tölib ketgan. Oyoq bosişga joy qolmagan. Ayniqsa, şoir dafn etilgan qabristonga ham odamlar yopirilib kirib, boşqa qabrlar oyoğosti bölişidek xunuk manzara kuzatilgan.
Agar Andijon viloyat hokimligi mazkur tadbirni rejali qilib taşkillaştirganida, mas'ullar tayinlanganida, aytaylik, katta-katta şoirlar va boşqa mehmonlarni YPX xodimlari kuzatuvida olib borişganida, albatta bu tadbir yöl-transport hodisasiz, çiroyli ötgan bölar edi.
Şoirning ijodiga oşno avtobus-avtobus yoş öquvçilar ham borişgan. Ularning birortasiga kuzatuv tayinlanmagan. Umuman, respublika ahamiyatidagi bunday yirik ommaviy tadbirlarda xavfsizlik masalasi birinçi öringa qöyilişi kerak emasmidi?

















