Özbekiston xalq şoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir ötirgan avtomaşina Andijon viloyatining Marhamat tumanida yöl-transport hodisasiga uçradi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Uning aytişiça, uşbu maşinada şoir va jurnalist Nodir Jonuzoq ham bölgan. Hodisa Andijon viloyatiga xalq şoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etiş uçun borilgan vaqtda yuz bergan.

Axborot manbasi sözlariga köra, avtomaşinada bölganlar jiddiy darajada jarohat olmagan. Ular ayni damda Toşkent şahriga yetib kelişgan.

Faqat Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim hozirgi vaqtda poytaxtdagi şifoxonalardan biriga yotqizilgan.