Germaniya sharqida 50 dan ko‘proq mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 25ga yaqin kishi jarohat oldi.
Yo‘l-transport hodisasi Tyuringiya federal yeridagi Zul va Mayningen shaharlari o‘rtasidagi avtobanda yaxvonlik va do‘l sababli yuz bergan. 4 kishi og‘ir jarohat olgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Jabrlanganlarni qutqarish uchun ikkita vertolyot jalb qilingan.
















