Bugun, 29 aprel kuni Özbekiston Milliy matbuot markazi binosida Içki işlar vazirligining Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi matbuot anjumani ötkazdi.
Unda içki işlar organlarida kadrlar bilan işlaş, tizimdagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar va litseylar masalasi muhokama qilindi.

Yiğilişga boşqarma boşliği general-mayor Qutbiddin Burxonov raislik qildi. Şuningdek, tadbirda içki işlar tizimidagi kadrlar bilan işlaş tizimidagi rahbar xodimlar ham qatnaşişdi.

Maktab-internatlar haqida berilgan savollarga töğridan-töğri maktab direktori, podpolkovnik Şerali Törayev javob berdi.
«Maktabning asosiy maqsadi içki işlar, bojxona, mudofaa va boşqa harbiy muassasalar xodimlaridan xizmat vaqtida halok bölganlar yoki nogiron bölib qolganlarning farzandlarini ijtimoiy himoya qiliş, ta'lim-tarbiya beriş uçun taşkil etilgan. Şu bilan bir qatorda, qabul kvotalarining 80 foizi yuqoridagi keltirilgan toifalar uçun, yana 20 foizi boşqa bolalar uçun ajratiladi. Maktabga 4-sinfni tamomlagan öquvçilar qabul qilinişi belgilangan. Qabul jamlovçi idoralar tomonidan rasmiylaştiriladi. Tanlovda iştirokçilarning bilim saviyasini tekşiriş maqsadida diktant va test sinovlari ötkaziladi.

Öquvçilar öqiş davrida mavsumiy kiyim-keçak, tört mahal oziq-ovqat, poyabzal, yumşoq anjomlar va boşqa zarur buyumlar bilan bepul ta'minlanadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Olmaliq şahar malaka oşiriş markazi rahbari, podpolkovnik Umidjon Nurillayev esa Içki işlar tizimida işlab pensiyaga çiqqan xodimlar haqida ma'lumot berdi.
«Örganişlar natijasida «Mahalla posboni» lavozimi tugatilib, uning negizida profilaktika inspektori yordamçisi lavozimi joriy etildi. Bundan maqsad uşbu lavozimni içki işlar tizimiga kiritiş edi. Avvallari yoşi 50-60 yoşdan oşgan kişilar ham mahalla posbonlari bölib işlayverişgan. Profilaktika inspektorlariga ularning yordami köp ham tegmagan. Hozir bu masalada hukumat öz tartibini işlab çiqdi. Endi profilaktika inspektori yordamçilari 30 yoşgaça bölgan kişilar orasidan, Içki işlar vazirligi tomonidan taşkil etilgan komissiya tomonidan örganib çiqilgan holda tanlab olinadi», deydi içki işlar rahbar xodimi.













