2017 yildan boşlab tibbiyot yönalişlarida, keyinçalik agrar va qişloq xöjaligi yönalişida ham maqsadli qabul asosida davlat granti böyiça öqişga qabul qiliş boşlangan edi. Şuningdek, ötgan yili jizzax va buxorolik abituriyentlar uçun ham ayrim yönalişlarga maqsadli qabul uçun kvotalar belgilandi.
Ilgari qoida böyiça, maqsadli qabulga topşiriş uçun faqat öşa hududdagi kollej-litseyda öqigan bölişi kerak edi. Ya'ni navoiylik abituriyent Navoiy viloyatiga ajratilgan maqsadli qabul uçun da'vogarlik qilmoqçi bölsa, u albatta kollej yoki litseyni Navoiyda tugatgan bölişi şart edi. Bunday taqiq birmunça kulgili çeklovlarni keltirib çiqarar edi. Masalan, andijonlik abituriyent Farğona tibbiyot kollejida öqigan bölsa, unda u na Andijon böyiça, na Farğona böyiça maqsadli qabulga topşira olar edi. Bunday vaziyatda abituriyent şunçaki tibbiyot yönalişida davlat grantida öqiş huquqidan avtomatik mahrum bölib qolar, faqat kontraktga da'vogarlik qila olar edi.
Ötgan yili bu çeklov biroz yumşaganday böldi. Qabul jarayonlari tugaşiga 2 kun qolganda respublikadagi 41ta tarmoq kollejlarni (39ta Toşkentdagi, 1ta Farğona va 1ta Samarqand) tugatganlar ham istisno sifatida maqsadli qabulga topşira oladi, deya e'lon qilişdi.
Nihoyat 27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan maqsadli qabulga qöyilgan uşbu taqiq butunlay bekor böldi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, OTM uçun belgilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta'lim yönalişlariga qabul quyidagi toifa abituriyentlar hisobidan amalga oşiriladi:
- muayyan hududda doimiy yaşaydigan (pasportdagi ma'lumoti böyiça);
- umumiy örta (10-11-sinflar negizida), örta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti töğrisidagi tegişli hujjatga ega bölgan;
- kiriş imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli ötgan.
Bu nima degani?
Endilikda muayyan hududda doimiy yaşaydigan (pasportdagi ma'lumot böyiça) istalgan abituriyentlar, ular qaysi hududda tahsil olganidan qat'i nazar, maqsadli qabulga da'vogarlik qila oladi. Masalan, andijonlik abituriyent Farğonada öqiganmi, Toşkentda öqiganmi, Samarqandda öqiganmi, farqi yöq, endi u Andijon uçun ajratilgan maqsadli qabulga topşira oladi.

















