Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi «Palandara» mahallasi, Yuqori Toğli Denov qişloğidan ötuvçi Jindidaryo jilğasi yölini qir tuproqlari köçib berkitib qöydi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga mahalliy aholi vakillari xabar berdi.

Köçki uzoq davom etgan yoğingarçiliklardan söng, 27 aprel kuni röy bergan. Katta tuproq massivi Jindidaryo yölini tösib qöygan. Natijada, suv yöli tösilib, suv ombori hosil bölmoqda. Suv sathi esa soat sayin kötarilib bormoqda. Suratlarda köriş mumkinki, allaqaçon elektr liniyasi simyoğoçlari ham suvga ğarq böliş arafasida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holatni öz nazoratiga olmasa, suv köpayib, katta bosim yuzaga kelişi, tabiiy töğonni yuvib yuborib, dara quyisida joylaşgan qişloqlarga yopirilişi va juda katta talofatlar keltirib çiqarişi mumkin.