Evakuatsiya payshanba kechqurunga qadar yakunlanishi lozim. Odamlar maxsus jihozlangan markazlar, ta'lim muassasalari va boshqa mustahkam binolarga joylashtirilmoqda.
Taxmin qilinishicha, "Fani" quyuni shtat sohiliga juma kuni kunduzi yetib keladi.
Shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin, shuningdek, kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar beradi gazeta Hindiston Meteorologiya departamentiga tayanib.











