«Barselona» Çempionlar ligasining yarimfinalidagi ilk öyinda «Liverpul»ni mağlub etdi (3:0). Lionel Messi dublni rasmiylaştirdi va katalonlar klubidagi gollari sonini 600taga yetkazdi. Bu gollar kataloniyaliklar uçun deyarli final yöllanmasini kafolatladi.

Çempionlar ligasi. 1/2 final. Birinçi öyin 
«Barselona» (Ispaniya) – «Liverpul» (Angliya) – 3:0 (1:0) 
Gollar: Suares, 26 (1:0). Messi, 75 (2:0). Messi, 82 (3:0).
«Barselona»: ter Ştegen, Serji Roberto (Alenya, 90+4), Langle, Pike, Jordi Alba, Rakitiç, Buskets, Vidal, Messi, Suares (Dembele, 90+3), Koutino (Semedu, 60).
«Liverpul»: Alisson, Gomes, Matip, van Deyk, Roberson, Fabino, Keyta (Henderson, 24), Milner (Origi, 85), Saloh, Mane, Vaynaldum (Roberto Firmino, 78). 
Ogohlantirişlar: Langle, 39. Fabinyu, 81. Suares, 81. Jordi Alba, 86. 
Hakam: Kaypers (Niderlandiya).
1 may. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.
Javob öyini – 7 may.

Messining birinçi goli
Bu öyindan oldin barça Messi u «Barselona» safidagi ilk golini roppa-rosa 14 yil muqaddam, 2005 yilning 1 mayida urganini yodga oldi. «Albasete» bilan öyinda u Ronaldinoning pasidan keyin braziliyalik futbolçining yelkasiga çiqib debyut golini nişonlagandi. 14 yil ötib argentinalik futbolçining kök-anorranglilar libosida urgan gollari soni 598tani taşkil etib turgandi. U yana ikki gol bilan yubiley natijaga yetişi mumkin edi - bu işni «Liverpul»ga qarşi öyindayoq amalga oşirişni ahd qildi.

Ehtiyotkor tarkiblar
Ikki jamoa boş murabbiyi ham öyinga ehtiyotkorlik bilan tarkib tanladi. «Barselona»da maydon markazida Artur Ramos örnini Arturo Vidal egalladi. Çililik futbolçi raqib jamoa hujumlarini buzişda foydali böldi, köpçilik Valverde «Liverpul»ning sobiq havbekini zaxirada qoldirib, uning örniga Usmon Dembeleni tuşirişini kutgandi - lekin braziliyalik futbolçi sobiq jamoadoşlariga qarşi öyinni boşlanğiç tarkibda boşladi. Mehmonlarda esa öng qanotni himoya qilişga hujumkor himoyaçi Aleksandr-Arnold örniga Gomes yuborildi. Dekabr oyidan buyon asosiy tarkibdan örin olmay qöygan Gomes Koutinoga qarşi personal harakat qilişi lozim edi. Klopp jarohatidan tiklana olmagan Firminoni zaxirada qoldirişga majbur edi, bu esa Şaqirini maydonga taşlaşga imkon berardi, lekin germaniyalik mutaxassis Veynaldumni tanladi. U Deyan Lovren va Jordan Hendersonni ham zaxirada qoldirdi.