26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Keyinçalik, internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

Sevimli telekanalining «Zamon» körsatuvi lavhasida aytilişiça, videoga tasvirga tuşgan holat yuzasidan şu kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda uşbu voqeaning barça iştirokçilari şaxsiga aniqlik kiritilgan. Biroq, Jinoyat protsessual kodeksiga asosan tergov harakatlari siri tufayli jinoyat işi böyiça tafsilotlar lozim bölgan tergov harakatlari ötkazilganidan söng oçiqlanadi.

Şuningdek, lavhada aytilişiça, 2018 yilning 30 noyabr kuni Murod Xontörayevning soğliği yaxşiligi sababli Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan 1-sonli klinik şifoxonadan tergov harakatlari ötkaziş uçun taklif qilingan. U bilan tergov harakatlari ötkazilgandan söng, hozirda davolanişni davom ettirmoqda. 

Eslatib ötamiz, voqea yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tayyorlangan va surati internetda tarqalgan ma'lumotnomaga köra, Xontörayevga «boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, boş öng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, öng son, dumba sohasi köplab sançilib kesilgan jarohatlari (9 ta), ikkala kökrak usti sohasi sidirilgan jarohati, çap tirsak sohasi kesilgan jarohat» taşxisi qöyilgan.

Video: Murod Xontörayevni şifoxonadan olib ketişdi