Sport | 11:10 / 05.05.2019
14567
2 daqiqa o‘qiladi

APLni tark etgan uchinchi jamoa nomi ham ma'lum bo‘ldi

Angliya premer-ligasining 37-turida «Kardiff» «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazdi.

Bu natijadan keyin Uels jamoasi chempionshipga tushib ketdi. Ayni vaqtda jamoa 31 ochko bilan 18-o‘rinda va oxirgi tur natijalaridan qat'i nazar 17-o‘rindagi «Brayton»ga (36 turda 35 ochko) yeta olmaydi.

Shu tariqa, joriy mavsumda APLni tark etgan barcha uch jamoa nomi ma'lum bo‘ldi: bungacha «Haddersfild» va «Fulhem» keyingi mavsumni chempionshipda o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

Ayni vaqtda chempionshipdan APLga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘lib ulgurgan: «Norvich» va «Sheffild Yunayted». Uchinchi yo‘llanma uchun «Lids», «Vest Bromvich», «Aston Villa» va «Derbi Kaunti» klublari kurash olib borishadi.

Qayd etish kerakki, «Kardiff» keyingi uch mavsum davomida APLni «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvdan keyin tark etgan to‘rtinchi jamoa bo‘ldi. Bungacha «Pelas» joriy mavsumda «Haddersfild»ni quyi ligaga tushirib yuborgandi. O‘tgan mavsumda esa «burgutlar» bilan uchrashuvdan keyin APLni «Stok Siti» tark etgandi, 2016/17 yilgi mavsumda esa  «Hall»ni londonliklar APLdan tushirib yuborishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid