Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan «Hikmatli bilim» nodavlat ta'lim muassasasi tuman IIB terrorizmga qarşi kuraş bölimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy tartibda tekşirilayotgani aks etgan ma'lumot tarqadi. Kun.uz mazkur holatni örgandi.

Olmazor tumanida joylaşgan «Hikmatli bilim» NTM öqituvçisi Dilfuza Karimova bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, ötgan 9 oy davomida özini içki işlar idorasining terrorizmga qarşi kuraş bölimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya taniştirgan bir guruh şaxslar tomonidan muassasa bir neça marta tekşirilgan. Birinçi tekşiruv ötgan yilning avgust oyida bölgan. Öşanda ular arab tili örniga diniy bilim berilayotganini rökaç qilib muassasaga kelişgan. Dilfuza Karimova tekşirib kelgan şaxslarga Mirqobil Hasanovning «Ikkinçi muallim» deb nomlangan kitobi asosida arab tili darsi ötilayotganini aytgan. Şunda ular bu kitob örniga alohida reja işlab çiqib, öşa reja asosida ötişi kerakligini tuşuntirişgan. Çuqur tekşiruvlardan söng, öşa yerda dars berayotgan ikki öqituvçida malaka sertifikati yöqligini aytib, ularga ma'muriy jarima yozib ketişgan. Bu voqealardan keyin bir öqituvçi işdan böşab ketadi.

2019 yilning 14 mart kuni öquv markaziga terrorizmga qarşi kuraş bölimi xodimlarimiz, deb yana bir neça nafar tekşiruvçi kelgan. Dilfuza Karimova arab tilidan dars ötayotgan vaqtda ular sinfga kirişgan va öquvçilarning şaxsiy buyumlarigaça tekşirişadi. Heç narsa topa olmay öqituvçilar xonasiga kirişadi. Öşa yerdan Qur'oni karim kitobini topişadi.

Ular Dilfuza Karimovaga «Sen individual tarzda öquvçilarga «eskiça ta'lim» beryapsan», deb aytişadi. Dilfuza Karimova bu ayblovni rad etadi. Bu kitobdan heç kimga dars bermasligi, özi mustaqil islomşunos olima ekani va Qur'oni karim kitobi böş vaqtida tafsirlari bilan mutolaa qilişi uçun kerak ekanini tuşuntiradi.

Ular bilan birga mustaqil ekspert ham bölgan. U barça iş rejalari, öquv kitoblari va boşqa darsliklarni tekşiradi. Xodimlar Qur'oni karimni unga körsatganlarida heç qanday e'tirozi yöqligi va bu kitob Allohning kalomi ekanini aytadi.

Şunda xodimlar Dilfuza Karimovadan yoki xonadan Qur'oni karim kitobi çiqqani yoki bir vaqtda ikkita xonada dars berilayotgani haqida tilxat yozib berişini söraydi. U Allohning kalomi musulmon insonlar uçun muqaddas kitob ekani va oilalarda bölişi kerakligini aytadi. Ikkita xonada nega dars berayotgani haqida tilxat yozib beradi. Şundan söng, tekşiriş uçun kelgan şaxslar bu yerni tark etişadi.

Oradan bir haftaça vaqt ötgaç, 20 mart kuni xodimlardan biri kelib öquv markazining litsenziyasi bekor qilingani va bu yerda dars ötiş mumkin emasligini aytadi hamda Dilfuza Karimovadan «bu muassasada boşqa arab tilidan dars ötmayman», degan mazmunda tilxat yozdirib olişadi. Şundan söng, «Umar Mirzo» NTM yopiladi. Uning örniga 4 apreldan hozirda öz faoliyatini davom ettirayotgan «Hikmatli bilim» NTM iş boşlaydi.